Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Okt, 2006

"Suiqasd" prem’erasi!!!

Kecha Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida «Sharq sinema» mahsuloti bo’lmish «Suiqasd» badiiy filmining prem’erasi bo’lib o’tdi. Film o’zining qiziqarli lavhalarga boyligi bilan boshqa qator kinokartinalardan farq qiladi.

Kinorejissor Zulfiqor Musoqov boshchiligida suratga olingan mazkur film navbatdagi oddiy filmlardan biri bo’lsa kerak, degan fikrda kinosaroyga tashrif buyurgan edik. Biroq, bfilmni tomosha qilgach fikrimiz mutloq o’zgardi. Voqealar ketma-ketligi shu darajada tez yuz beradiki hatto tomoshabinni bir zum zerikishga yo’l qo’ymaydi. Bu kinokartinada hech qanday sevgi-muhabbat yo’q! Shunisi bilan ham bu filmni boshqalardan farq qiladi deb aytishimiz mumkin. Keling yaxshisi film haqida ortiqcha to’xtalib o’tirmaylikda uni bir bor tomosha qilaylik. Zero, aytishadiku ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi deb.
Darvoqe, film taqdimotida estradamiz yulduzlari ham ishtirok etishdi. Jumladan, Shahriyor, Shahzoda, Shahnoz, «Bojalar» guruhi, Shahzoda («Setora»), Yashnar, Aziz Rametov va boshqalar. Taqdimot marosimida tushirilgan uch fotoni tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *