Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Noy, 2009

Stilist-imijmeyker va dizayner konsert dasturi haqida! Oshkor ma’lumotlar…

Sardor RahimxonO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon 13-14 noyabr kunlari yangi «Sen uchun» deb nomlangan yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Ushbu konsert dasturida Sardor Rahimxon 5 xil turdagi libosda namoyon bo’ladi. Liboslarni «GAF» savdo belgisi ostida faoliyat olib borayotgan salon tomonidan ishlab chiqilmoqda. Bugun sizning e’tiboringizga liboslarning tikilish jarayonidan eksklyuziv fotosuratlar va dizaynerlarning fikr-mulohazalari haqida ma’lumotlar beramiz…

Bugun nafaqat, Sardor Rahimxonning liboslari ustida ishlayotgan dizaynerlar G’ayrat Xo’jamurodov va Asqar Po’latovlarning fikrlari bilan tanishtiramiz. Balki tayyorlanayotgan liboslarga xos va mos bo’lgan soch turmaklari ustida ishlayotgan stilist-imijmeyker Akmal Akbarovning ham o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadi.

Akmal Akbarov

Akmal Akbarov («TAMO» go’zallik salonining stilist-imijmeykeri): Sardor bilan 4 yildan beri hamkorlikda ishlab kelmoqdamiz. Ular oddiy narsalarga ham e’tibor bilan qaraydilar. Bular uning kiyinish, yurish-turish va muomala madaniyatlarida seziladi. Biror-bir yangi imij yaratishda ham o’z fikrlarini beradilar va o’zimdan ham qo’shgan xolda yangi ko’rinish va yangi soch turmagini yarataman.
SB.uz: Masalan, sochni kesib turmaklab qo’yish uchun qancha vaqtingiz ketadi?
Akmal Akbarov: 1 soat vaqtim ketadi. Nafaqat Sardorni sochini turmaklash uchun, balki kim bo’lishidan qat’iy nazar barcha mijozlarimga xuddi shuncha vaqtimni ajrataman. Go’zallik salonidan faqatgina chiroyli bo’lib chiqib ketmasdan, balki har bir mijozning kayfiyati ko’tariladi.
SB.uz: Muxlislarning xabarlari bor, Sardor Rahimxonning o’tgan yilgi «Seni asragayman» konsert dasturlarida aynan siz 3 xil ko’rinishdagi o’ziga xos va bir-biriga o’xshamagan soch turmagini yaratgan edingiz. Bu yil ham eshitishimizga qaraganda, aynan siz 4 xil ko’rinishdagi soch turmagi ustida ishlayotgan ekansiz…
Akmal Akbarov: Bir narsani shu o’rinda aytib o’tishim kerak, o’tgan yili 3 xil ko’rinishda sochlarini turmaklagan bo’lsam, ko’pchilik «parik» deb o’ylagan ekan. Aslida barchasini o’zim turmaklaganman, bunga o’zingiz ham guvoh bo’lgansiz. Bu yilgi konsert dasturlariga zamonga va kiyimlarga mos ravishda soch turmaklari ustida ishlamoqdamiz.

Asqar Po'latov

Asqar Po’latov («GAF» liboslar saloni xodimi): Xabaringiz bor, o’tgan yilgi konsert dasturlari uchun ham aynan bizning salon liboslar taqdim qilgan edi. O’tgan yilgiga nisbatan bu yil yaratayotgan liboslarimiz bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu yilgi liboslarda jiddiylikni ko’proq ko’rish mumkin.
SB.uz: Liboslarni o’lchab ko’rayotgan damlaringizda qiziqarli yoki esda qolarli voqealar bo’lib turadimi?
Asqar Po’latov: Bunday holatlar ko’p bo’ladi. Eng ko’p bo’ladigani ignani sanchib olamiz. Chunki Sardor kiyimni kiyib ko’rayotganida yangi yaratayotgan qo’shiqlarini hirgoyi qilib turadi. Biz esa qo’shiqqa shaydo bo’lgan holda hayol surishga ketib qolamiz. Shuning oqibatida ignani sanchib olamiz.

Gayrat Xujamurodov

G’ayrat Xo’jamurodov («GAF» liboslar saloni xodimi): Ha darvoqe, aynan eksklyuziv ravishda sizga shuni ma’lum qilamizki, Sardor Rahimxon bu yilgi konsert dasturida Hindiston shahzodasining libosida paydo bo’ladi. U ilk taronasini aynan shu libosda ijro qiladi. Libos uchun mato va unga ishlatiladigan barcha furnituralar Hindistondan buyurtma asosida olib kelindi. Endilikda libosni tikish bilan bandmiz. Shuningdek, milliy matolarimizdan biri bo’lgan adrasdan ham milliy uslubda libos tayyorlamoqdamiz. Etmoqchimanki, bu yilgi konsert liboslarida milliylik va zamonaviylik uzviy bog’langan. Shuningdek, eksklyuziv ravishda bir nechta liboslarning xomaki ko’rinishlarini ham ko’rishingiz mumkin.

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

P.S.: Maqolaning to’liq matni 5 noyabr payshanba kuni «7×7″ gazetasi orqali o’qishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 276 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *