So’nggi tabrik Qorbobo Rahimxondan!
Mana nihoyat 2012 yilning so’nggi tabrigini e’tiboringizga havola qilish fursati ham yetib keldi. «PhotoMania» loyihasida va umuman portalimizning bu yilgi qorbobosi lavozimini egallagan Sardor Rahimxondan ajoyib yangi yil tabrigini tinglab, tomosha qilishga sizni taklif qilib qolamiz.
Sardor Rahimxon har yilgidek, bu yil ham a’lo darajada ijod qildi. Ijro etgan har bir taronasi albatta o’z muxlislarini topdi va muvaffaqiyatlar qozondi. 2013 yilda esa Sardor Rahimxondan yanada kuchliroq ijodiy yangiliklar kutib qolamiz. Zero, bizning bu xonandaning hali ochilmagan qirralari, kuylanmagan hit taronalari juda ko’p. Umid qilamizki, Sardor Rahimxon 2013 yilda hammani hayratga soluvchi ajoyib ijodiy yangiliklari bilan SB.uz portali sahifalarini boyitib turadi. Ushbu videoni suratga olishda «The Best Studio» studiyasi yordam berdi.
Sardor Rahimxonning yangi yil tabrigi (114)