Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 May, 2010

«So'nggi qo'ng'iroq» yohud «New Star» Medianing birgalikda ilk taronasi…

New Star Media«New Star» Media prodyuserlik markazidan navbatdagi sovg'a! Kuni kecha prodyuserlik markazida ijod qilayotgan barcha xonandalar, ya'ni Humoyun Mirzo, Ja'far, Dilso'z, «Bayon» guruhi, shu bilan bir qatorda Ozodbek Nazarbekovning shogirdi Jasur hamda yoshlarning ustozi Sardor Rahimxon, do'sti Ulug'bek Rahmatullaev bilan birgalikda «So'nggi qo'ng'iroq» bayramiga bag'ishlab yangi «Hayr maktabim» nomli qo'shiqni yozib tugatishdi…

Qiziqarli tomoni shundaki, «So'nggi qo'ng'iroq» bayramiga bag'ishlab qo'shiq kuylash g'oyasi bir kunda tug'ilgan bo'lsada, ushbu g'oyani amalga oshirish uchun unchalik ham ko'p vaqt ketmadi. Demak, 25 may estradamizning ikki nafar yulduzi Sardor Rahimxon hamda Ulug'bek Rahmatullaev, shuningdek, estradamizning yosh umidli egalaridan yangi qo'shiqni kutib qolamiz. Barcha bitiruvchilarga bag'ishlab ijro qilingan ushbu taronani 20 maydan FM to'lqinlari orqali tinglashingiz mumkin. Birinchilar qatorida tez orada ushbu qo'shiqni SB.uz portali orqali ko'chirib olishingiz mumkin. Portalimizni kuzatib boring.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *