Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Iyul, 2006

Sogdiananing Toshkentdagi hozircha so’nggi intervyusi…

Sogdiana on-lineHa, maftunkor Sogdiananing hozircha Toshkentdagi so’nggi intervyusi aynan bizning portalda bo’lib o’tdi. Afsuski, Sogdiana soat 17:00da aeroportda bo’lishi kerak bo’lganligi bois, on-line konferensiya faqatgina yarim soat davom etdi. Lekin, juda ham a’lo darajada o’tdi. Aytishadi-ku, ozgina-yu, sozgina, deb. Sogdiana yulduzlik darajasiga allaqachon chiqib ulgurgan bo’lsada, ba’zilarga o’xshab kech qolib kelgani yo’q. O’z vaqtida yetib keldi. Shu odati uchun ham u doim hurmatga loyiq. Sogdiana on-line konferensiyamizga tashrif buyurishi bilan o’z hayratini yashirib o’tirgani yo’q. Hali hech qachon, hatto TV kanallariga ham intervyu berayotganida bu darajada hayajonlanmaganini aytib o’tdi. Zero, butun dunyoga jonli ravishda ham ekran orqali ko’rinib, ham internet to’lqinlari orqali ovozli intervyu berishini u konferensiyamizga yetib kelguniga qadar ham tasavvur qilmaganini ta’kidladi.

Fotosuratlarni ko’rish

Sogdianani men juda ham yaxshi taniganligim, anchadan buyon u bilan birgalikda ishlab kelayotganligim bois men uni qanday qiz ekanligini «besh qo’l»dek bilaman. Biroq, portalimizning boshqa a’zolari Sogdianani ilk bor ko’rishdi va Sogdiana ularda ijobiy taasurot qoldirdi.Uning har bir savol aql bilan javob berishi, o’zini tutishi va suhbatdoshi bilan tabassum ila munosabatda bo’lishi ulardagi Sogdianaga bo’lgan mehr-muhabbatni yanada oshirganiga shubha yo’q. Balki, uning aynan shu hislatlarigina Rossiyadagi muvaffaqiyatlariga ham sababchi bo’layotgandir? On-line anjumanda Sogdiana www.sogdiana.sb.uz internet saytini juda ham maqtab, uni bugundan e’tiboran o’zining rasmiy sayti deya e’lon qildi. Anjuman yakunlanishi bilan Sogdiana to’ppa-to’g'ri Toshkent aeroporti sari yo’l oldi va yana Moskvaga «Yulduzlar fabrikasi-6″ a’zolari bilan bo’ladigan katta gastrol turnesida ishtirok etish uchun uchib ketdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *