Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Noy, 2007

Sogdiananing taronasi yilning «rekord»li ringtoniga aylanishi mumkin!

SogdianaBir vaqtning o’zida ikki yurtning mashxur yulduzi bo’lish hammaga ham nasib qilmaydi. Ammo, Sogdina bundan mustasno. Sogdinani ortidan omad quvmoqda desak hato bo’lmasa kerak. Zero, u ketma-ket turli xil yutuqlarga erishib kelmoqda. Navbat «Rekord-2007″ga keldimi?26 noyabr kuni Moskva shahrida nufuzli musiqa mukofotlaridan biri »Rekord-2007″ning IX taqdimot marosimi bo’lib o’tadi. Hozirda ushbu mukofotni qo’lga kiritish uchun yaqin turgan eng sara qo’shiqlar, albomlar va xonandalar uchtaligi aniqlangan. Bir necha kundan so’ng mukofot sovrindorlari aniqlaniladi. Bu yil nomzodlar orasidan O’zbekistonlik xonanda Sogdiana ham o’rin egallagan. Sogdiananing «Serdtse magnit» taronasi «Yilning eng yaxshi ringtoni» nominatsiyasiga nomzod etib ko’rsatilgan. Shuningdek, boshqa yo’nalishlarda nomzodlari ko’rsatilgan Rossiya estradasi yulduzlari ro’yhatidan quyidagi xonandalar o’rin egallagan: «ViaGra» guruhi, Maksim, Yulya Savicheva, «Gorod 312″ guruhi, «Chili» guruhi, Valeriya, «Zveri» guruhi va boshqalar.
Biz shu o’rinda Sogdianaga ushbu taqdimot marosimi oldidan omad yor bo’lishini tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *