Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Okt, 2006

Sogdianadan yangi 4 qo’shiq…

SogdianaEstradamiz bahori Sogdiana ijodida juda ham ko’p yangiliklar kuzatilmoqda. Hali qarasangiz yangi filmning suratga olish maydonchasida, hali qarasangiz studiyada qo’shiq yozish ishlari bilan band. Yana boshqa paytlarda konsert uchun tayyorgarliklar… Ochig’i bu qizga qoyil qolish kerak!

Mana endi Sogdiana siz aziz muxlislari hukmiga rejissor  Bahrom Yoqubovning  »Sug’diyona» badiiy filmi uchun tayyorlagan 4ta qo’shig’ini taqdim etmoqda. O’zbek tilidagi «Meni esla», «Orzularim» hamda rus tilidagi «Veter dognat» va «Eto ne son» kabi taronalarini eng birinchi butun dunyo tinglash imkoniga ega bo’lgan «Smile» radiosiga taqdim etdi. Bu qo’shiqlar juda ham ajoyib tarzda ijro etilganligini alohida e’tiborga olish darkor. Qo’shiqni tinglab behosdan ko’zingizga yosh kelsa ajab emas. Zero, tarona shu darajada qalbdan ijro etilgan. «Meni esla» taronasiga esa «Sug’diyona» badiiy filmi lavhalaridan foydalanilgan holda klip ham tayyorlangan. Bu klip pre’merasi ham aynan www.Shou-bizneS.uz portalida bo’lib o’tadi. Portalimizni kuzatishda davom eting!!!

Mazkur 4 qo’shiqni demo variantini Sogdiananing rasmiy saytidan ko’chirib olib tinglash imkoniga egasiz. Marhamat: www.Sogdiana.sb.uz !!! Agarda to’liq variantini tinglashni istasangiz «Smile» on-line radiosini tinglashdan cheklanmang!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *