Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 May, 2007

Sogdianadan «Sinee nebo»…

Sodgiana - Sinee neboSogdiana o’z muxlislari hukmiga yangi hit taronani taqdim etdi… May oyi o’rtalaida ko’pgina rossiya radio to’lqinlari orqali Sogdiananing yangi «Sinee nebo», ya’ni «Moviy osmon» nomli taronasi paydo bo’ldi.Yangi tarona sharq motivlari asosida kuylangan bo’lib, Sogdiananing o’zgacha ovozi anchayin qo’shiqni boyitib, hit darajasiga yetishiga asos bo’la oldi. «Sinee nebo» taronasi ijodkorlaridan biri Ravil Gimazutdinov bo’lib, ushbu ijodkor «Yurak mahzun» taronasi ustida Sogdiana bilan avval ham birga ish olib borgan. Albatta «Yurak mahzun» taronasi Sogdianaga rossiya estradasida o’zgacha yuksalish olib keldi. «Sinee nebo» esa o’ylaymizki Sogdianani bekorga estradada paydo bo’lmaganligidan darak beradi. Tez kunlarda «Sinee nebo» taronasini nafaqat radio orqali tinglash, balki TV kanallari orqali klip sifatida tomosha qilish mumkin. Zero, Sogdiana ushbu taronaga klip suratga tushirtirdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *