Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Sen, 2007

Sogdiana «Zolotoy grammofon»ni bu yil ham oladimi?

SogdianaMana 17 haftadan buyon Rossiyaning eng mashxur radiokanallaridan biri «Russkoe radio»da sevimli yulduzimiz Sogdiana ijrosidagi «Sinee nebo» qo’shig’i yuqori cho’qqilarni egallab kelmoqda. Ushbu qo’shiq radio orqali o’tkazilayotgan hit-paradda 1 o’rinni ham bir necha bora zabt etdi. Ayni vaqt 19 sentabr kungi ko’rsatgich bo’yicha «Sinee nebo» 11 pog’onada!Rossiyani barcha shou-biznes yulduzlari orzu qiladigan navbatdagi »Zolotoy grammofon» mukofatiga erishish uchun Sogdiana hit-paradda yana 3 hafta ishtirok etishi lozim! «Russoe radio»ning qoidalariga ko’ra qo’shiqlar, «Zolotoy grammofon»da 20 hafta tursa, bu xalqaro musiqiy taqdimotda lauriyat bo’la oladi. Sogdianani hit-paradda qo’llash uchun «Sinee nebo» qo’shig’iga ovoz bering. Ovoz berish uchun sizdan ko’p harakat ketmaydi. Siz faqatgina bu yerga tashrif buyurib, On-line tarzda ovoz berishishingiz lozim. Eslatib o’tamiz bu mukofot taqdimoti har yili dekabr oylarining boshlarida KREML saroyida bo’lib o’tadi!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *