Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Yan, 2007

Sogdiana "ZD Awards"da nomzod!!!

SogdianaO’zbek estradasining mega yulduzi Sogdianaga 2006 yil omadli keldi. Ana endi 2007 yil ham omadli keladigan ko’rinadi. Zero, Sogdiana Rossiyaning yana bir nufuzli sovrinini qo’lga kiritishga bir qadam uzoqda turibdi. U ham bo’lsa, www.MK.ru portali tomonidan bir necha yillardan buyon o’tkazib kelinayotgan «ZD Awards» taqdimotidir.

Bu taqdimot ham Rossiyada anchayin nufuzli hisoblanadi. G’oliblik uchun nominantlar ham shunchaki tanlab qo’yilmaydi, balki saralanib, muxlislar talabiga tayanib qo’yiladi. Taqdimot marosimi 9-10 fevral kunlari Moskva shahrida joylashgan «Kosmos» mehmonxonasining konsert zalida bo’lib o’tadi. Sogdiana ana shunday bir festivalda, taqdimotda nomzod etib ko’rsatilgan, «Yilning eng yaxshi ayol xonandasi» yo’nalishida! G’oliblik uchun Sogdianadan tashqari rus estradasining Kristina Orbakayte, Valeriya, Janna Friske hamda Viktoriya Dayneko kabi mashxur yulduzlari kurash olib borishadi. Sogdianani biz Toshkentdan turib qo’llab-quvvatlab turishimiz mumkin. Buning uchun BU YERGA tashrif buyuring va hamyurtimizga ovoz bering!

SOGDIANA BIZ SENGA ISHONAMIZ! FAQAT VA FAQAT OLG’A! OMAD SENGA YOR BO’LSIN!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *