Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Mart, 2006

Sogdiana "Yulduzlar fabrikasi"da qoladimi?

SogdianaBu hafta «Yulduzlar fabrikasi — 6″ning haftalik yakuniy konsert dasturi odatdagidek shanba emas, balki juma kuni soat 21:20da ORT telekanali orqali namoyish etiladi. Ko’pchilikning xabari bor bu safar «Yulduzlar fabrikasi»ni tark etish nominatsiyasiga Aleksey Xvorostyan, Anastasiya Shevchenko hamda Sogdianalar nomzod etib ko’rsatilgan. Shuning uchun ham hozirda Sogdiana uchun jon kuydirayotganlarning barchasi bu yog’i nima bo’lishiga qiziqishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda Aleksey Xvorostyan «Yulduzlar fabrikasi — 6″ga tanlovlar bo’lib o’tishidan bir necha oy muqaddam kuchli avtoxalokatga uchragan ekan. Ammo, «Yulduzlar fabrikasi»da ishtirok etishga qiziqishi baland bo’lganligi bois shifokorlar ko’rigidan o’tayotganda bu voqeani sir tutgan. Xullas, Alekseyning bu qilmishi oshkor bo’lgach shifokorlar unga «Fabrika» ni tark etishini taklif qilishmoqda, yo’qsa kasalligi jiddiylashib ketishi mumkin ekan. Shu sababdan Aleksey mana shu hafta shifokorlarga «Fabrika»ni tark etishini ta’kidlamoqda. Bu degani Sogdiana «Yulduzlar fabrikasi»da bu hafta qolishiga umid qilsa bo’ladi degani. Anastasiya Shevchenko ham u darajada zo’r iste’dod egasi emas ekanligi barchaga birdek ma’lum bo’lib turibdi. Qolaversa, «Fabrika o’qituvchilari»ga Sogdiana juda ham yoqib qolgan. Zero, professional inson bilan ishlash kimga ham yoqmaydi, deysiz? Biz tahminan Sogdiana bu nominatsiyadan eson-omon o’tib oladi, deyishimiz mumkin. Biroq, nohaqliklar har joyda borligini unutmaslik lozim. Rossiyada ham borligi endi hech kimga sir emas. Bunday ishonch bilan ta’kidlashimning sababi — o’tgan hafta Sogdiana MTV.Ru saytida o’tkazilgan ovoz berishda birinchi o’rinni egallagan edi. Biroq, shanba kungi yakuniy konsertda Aleksandra Gurkova g’oliba deya e’tirof etildi. Bunga-ku, ko’z yumib ketsa bo’ladi. Lekin, Yakshanba, Dushanba hamda Seshanba kunlari MTV.Ru saytidagi ovoz berish jarayonida O’zbekiston interneti uchun cheklanish o’rnatilganini qanday ta’riflasa bo’ladi? Agarda hamma joyda ishlamagandir, deydigan bo’lsangiz adashasiz. Chunki, biz Rossiyadagi tanishlar bilan bog’langanimizda u yerda ovoz berish ishlayotganligini ma’lum qilishdi. Xullas, bu ham Sogdianani chetlatishning bir turi emasmikin? Mayli, biz bariga ko’z yumamiz. Biz uchun sevimli xonandamiz g’olib chiqishi muhim. Bu yo’l mashaqqatli! Agarda nohaqliklarga chek qo’yilsa, Sogdiana albatta birinchilikni zabt etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *