Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Apr, 2006

Sogdiana "Yulduzlar fabrikasi"da kurashni davom ettiradi!!!

SogdianaSogdiana «Yulduzlar fabrikasi»da qolishi shart edi. Chunki, u butun O’zbekiston shou-biznesi sha’nini himoya qilayotgan edi. Haqiqat baribir qaror topdi!!! Bu albatta Aleksey Xvorostyanni mardona qarori tufayli. Haqiqiy san’atni tan olgan inson mana shunday yo’l tuta oladi. Aleksey Xvorostyanni bugun endi butun O’zbekiston qadrlaydi, hurmat qiladi va sevadi!!!

Agarda kecha, ya’ni 31 mart kuni soat Toshkent vaqti bilan 20:20da «ORT» telekanali orqali «Yulduzlar fabrikasi — 6″ tele-shousini ba’zi sabablar tufayli ko’ra olmagan san’at ixlosmandlari bo’lsa, bo’lib o’tgan voqeani bir chetdan tushuntiramiz. Demak, voqea bunday bo’lgan edi: avvalgi hafta «Yulduzlar fabrikasi»ni tark etish uchun uch nomzod tanlab olindi. Ular Aleksey Xvorostyan, Anastasiya Shevchenko hamda bizning Sogdiana edi. Bir hafta mobaynida yo’llangan SMS ovozlar natijasiga ko’ra Aleksey Xvorostyan 44% ovoz to’plab, o’zi uchun «Yulduzlar fabrikasi»da qolishga yaxshi imkoniyat yaratdi. U qolishga haqli edi! SMS ovozlar bo’yicha 35% ovoz bilan ikkinchi pog’onani zabt etgan Sogdianaga va uning ming-minglab muxlislariga qoyil qolish kerak. Zero, bizdan yo’llangan SMS ovolar u yerda hisobga olinmas edi! 21% ovozni o’ziniki qilib olgan Nastya Shevchenkoni esa «Fabrikant»lar qutqarib qolishdi. Bu turgan gap edi. Axir qay bir ishtirokchi o’zidan ustun ishtirokchiga ovoz beradi. Lekin, bu fikrimiz noto’g'ri ekanligini qaysidir ma’noda kecha loyiha ishtirokchilari isbotlab berishdi. Aleksey XvorostyanHech kim kutmagan holda Zara, Dmitriy Koldun kabi haqiqiy iste’dod egalari Sogdiana uchun ovoz berishdi. Qiziq hol, shunday emasmi? Buni qarangki, haqiqiy iste’dod egalari, darhaqiqat iste’dodga yon bosar ekanlar! Hullas, yakuniy »Fabrikantlar’ ovoziga ko’ra Sogdiana Nastyadan ikkita kam yulduzcha to’plab, «Fabrika»ni tark etishi lozim edi. Ammo, bunday nohaqliklarga qarab tura olmagan (balki biz avval xabar bergan ma’lumotga ko’ra — mana bu yerda o’qishingiz mumkin) Xvorostyan o’z o’rnini Sogdianaga bo’shatib berishini ma’lum qildi. Bu zalda, nafaqat zalda TV orqali ne-ne umidlar bilan tomosha qilib, Sogdiana uchun qayg’urib o’tirgan barcha insonlarni qalbiga yorug’lik olib kirdi. Ko’pchilikning fikriga ko’ra Aleksey haqiqiy erkakning ishini qildi. Bu haq gap! Shu paytga qadar «Yulduzlar fabrikasi»da kuzatilmagan hol aynan bu safar yuz berdi, yana aynan bizning sevimli san’atkorimiz Sogdiana bilan! Aleksey bu qilmishi bilan qaysidir ma’noda «Fabrika» prodyuserlarining nahaq ekanligini butun dunyoga ko’rsatib qo’ydi. Aleksey Xvorostyan haqiqiy iste’dod egasi edi. U san’atni, haqiqiy san’atkorlarni qadrlashni bilishin isbotladi. Aleksey sen MOLODETSSAN! Seni kelgusi ishlaringga omadlar tilaymiz. O’zbekiston sen bilan! Sogdianaga ham omadlar tilagan holda «Fabrika»ni kuzatishda davom etamiz. Hali oldinda Brayn Adams, «Scorpions» hamda «Back street boys» guruhlarining tashrifi kutilmoqda!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *