Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 May, 2009

Sogdiana yuksak mukofotga sazovor bo’ldi!

SogdianaO’zbekiston va Rossiya mega yulduzi, 3 karra «Oltin grammofon» laureati bo’lgan Sogdiana, Chechen respublikasi hizmat ko’rsatgan artisti unvoniga sazovor bo’ldi…Sogdiana Chechen respublikasida o’tkaziladigan konsertlarda ishtirok etardi. Xattoki muxlislariga keyingi safar ushbu davlatga tashrif buyurganida albatta chechen tilida qo’shiq kuylashini va’da qilgan edi. U o’z va’dasini ustidan chiqdi. Davlat konsertida u chechen tilida va’da qilingan qo’shiqni a’lo darajada kuyladi. Qo’shiq tomoshabinlar yuzida kulgu uyg’otdi. Konsertdan so’ng ma’lum bo’ldiki, Chechen Respublikasi Prezidenti Ramzan Kadirov Sogdianani «Hizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirladi!
Sogdiana: Men bundan juda hayratlandim. Bu men uchun kutilmagan hodisa edi va shu oliy mukofot uchun Ramzan Axmatovich Kadirovga o’z minnatdorchiligimni bildiraman!
Yana shuni aytib o’tish joizki, Sogdiana hozirda 2 ta yangi qo’shig’i tayyor! Ulardan biri «Love story» deb nomlanadi. Shuningdek, biroz avval va’da qilingan duetlar ham yaqin orada kuylanadi. Biri Dmitriy Koldun bilan bo’lsa, ikkinchisi Filip Kirkorov bilandir.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *