Sogdiana: Yangi albom Moskvada sotuvga chiqadi!!!
Sogdianani endi o’zbek estradasi yulduzi deb atash kerakmi yoki rus estradasi yulduzi debmi? Bu savolga ko’pchilik javob izlamoqda. Nazarimda u har ikki davlatning yulduzi! Xo’sh, rus va o’zbek estradasi yulduzi qanday yangiliklar hozirlamoqda?Yaqin kunlarda Sogdiana ijrosidagi yangi taronalardan biriga O’zbekistonning eng mashxur klipmeykeri Bahodir Yo’ldoshev tomonidan klip suratga olinadi. Biroq, Sogdiana hozircha bu taronani nomini oshkor qilish niyati yo’q. Shuningdek, Sogdiana yangi albomi ustida ham qizg’in ish boshlagan. Albom bahor faslida Moskvada sotuvga chiqadi, — deydi Sogdiana.