Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Mart, 2006

Sogdiana "Serdtse magnit"ni kuylaydi!

SogdianaMaftunkor Sogdiana ertaga, ya’ni 31 mart kuni soat 21:20da ORT telekanaliorqali namoyish etilajak «Yulduzlar fabrikasi — 6″da ijro etadigan qo’shig’i nomini bizga ma’lum qildi. Bu Sogdiananing siz va bizga birdek yoqadigan «Serdtse magnit» taronasidir («Yurak mahzun»ning ruscha talqini). Mazkur ajoyib qo’shiq endilikda barcha rus musiqa ixlosmandlarini ham qalbini rom aylasa neajab.Yaxshi, Sogdiana «Serdtse magnit» taronasini ijro etar ekan, ammo qanday kiyimda chiqish qiladi? Bu savol ham barchani birdek qiziqtirishi shubhasiz. Sogdiana konsert dasturida o’zimizning milliy kiyimda chiqish qilishni rejalashtirgan. Biroq, prodyuserlar rozilik bermasa, ularning talabiga ko’ra kiyinishi ham mumkin.
Mayli, biz uchun Sogdiana qanday kiyimda chiqish qilishi muhim emas. Biz uchun eng muhimi ertaga «Yulduzlar fabrikasi»da qolishidir. Ming afsuski Sogdiana u yerda ko’proq qolishi uchun bizning qo’limizdan hech qanday yordam kelmaydi. Chunki, internet orqali yo’llanayotgan ovozlar inobatga olinmaydi. Qolaversa, SMS ovozlarning ham Sogdianaga foydasi yo’q. Sababi O’zbekistondan yo’llangan SMSlar ham qabul qilinmas ekan. Shuning uchun bizning oldimizda faqatgina bir yo’l qoldi — bu ham bo’lsa, umid qilib ertaga bo’ladigan yakuniy konsertni tomosha qilish.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *