Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Apr, 2006

Sogdiana Rossiyaning mashhur jurnali "ELLE GIRL"da!!!

SogdianaMaftunkor Sogdiana Rossiyada ham o’z mavqeiga ega bo’lib bormoqda. «Yulduzlar fabrikasi — 6″ning so’nggi konsert dasturida ham u o’zini juda yaxshi ko’rsata bildi. Kimning hayoliga kelibdi deysiz Sogdiana «Scorpions» bilan bir sahnada qo’shiq ijro etadi deb. Sogdiana bilan birgalikda qo’shiq ijro etgan «Reflex», Larisa Dolina, Alsu, «Chay vdvoyom» va hatto «Scorpions» guruhi ham u ajoyib iste’dodga ega ekanligini alohida ta’kidlab o’tishgani alohida ahamiyatga ega. Sogdianani iste’dodiga Rossiya OAV xodimlari ham yuqori baho berishmoqda. Mana bunga dalil sifatida sizga Rossiyaning mashhur jurnallaridan biri bo’lmish «ELLE GIRL» jurnalining muqovasidagi rasmini havola etamiz. Aytingchi, bundan o’zga yana qanday dalil kerak? Sogdiana bugun nafaqat O’zbekistonning, balki Rossiyaning ham sevimli yulduzlaridan biriga aylanmoqda! Shu o’rinda bir so’zni aytish darkor: «Biz sen bilan fahrlanamiz SOGDIANA!»


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *