Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Yan, 2009

Sogdiana haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar!

SogdianaO’zbek estradasining mega yulduzlaridan biri shuningdek, Rossiyaning ham ko’zga ko’ringan xonandasi Sogdiana haqida siz azizlarga bir emas 7 ta yangilikni oshkor qilishni o’z oldimizga maqsad qildik. Undan tashqari uning eng so’nggi fotosuratlarini ham tomosha qilishingiz mumkin… Demak, marhamat!

1. Kuni kecha yurtimiz mega yulduzi Sogdiana Rossiyadagi eng nufuzli «Oltin Gramofon» taqdimotida uchinchi marotaba taqdirlandi. Bu galgi tilla Statuetni «Veter dognat» qo’shig’i uchun oldi.
2. Sogdianing aytishicha u yangi albom ustida qizg’in ish olib bormoqda ekan. Hozirgi kunga kelib albomga kiritiladigan 5 ta qo’shiq tayyor.
3. Sogdianani yangi «Razletelis oblaka» qo’shig’i Rossiya radiolarida tinmay aylanayabti va hit-paradlarda yuqori o’rinlarni zabt etib turibdi! Bu qo’shiqqa ishlangan klip esa Rossiyaning Tv kanallarida, jumladan RuTV da namoyish etilmoqda!
4. Ayni damda Sogdiana filmda ham suratga tushmoqda. Yana bir emas naqd 2 ta filmda. Biri serial bo’lib va NTV kanalida namoyish etilsa,ikkinchisi ORT kanalida namoyish etiladigan filmdir! Film haqida Sogdiana ortiqcha gap ochmadi. Zero filmlarda u qanday obrazlarni yaratishi sirligicha qolmoqda!
5. Sogdiana yaqindagina «Novix pesni o glavnom» konsertida ishtirok etdi. Konsertda «Veter dognat» qo’shig’ini ijro etdi. Kreml sahnasida u mahsus diplom bilan ham taqdirlandi. Eslatib o’tamiz «Veter dognat» qo’shig’i  «Sug’diyona» filmi uchun mahsus ishlangan saundtrekdir!
6. Sogdiananing ta’kidlashicha Rossiyaning yulduzlaridan unga duet ijro qilish taklifi tushibdi! U kim deysizmi?… Rossiyaning «Glamour Qiroli» bo’lmish Sergey Zeverevdan! Lekin Sogdiana bu duetni rad etdi! Sababi esa oddiy. Hozir Sogdiana o’z ijodini boyitish bilan bandligini aytib o’tdi!
7. Yanvar oyida Sogdiana haqida «Jenskie sekreti» jurnalida «Jenskie sekreti Sogdiani» nomli sarlavha ostida katta intervyu chiqadi. Darvoqe, Sogdiana yangi fotojamlanma tayyorlagan. Fotojamlanma o’zgacha ekanligini ham ta’kidlab o’tish kerak! Ushbu fotojamlanmani tez orada SB.uz portali orqali ham ko’rishingiz mumkin.

Sogdiana

Sogdiana

Sogdiana

Sogdiana

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *