Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 May, 2008

Sogdiana farzandi uchun kuyladi!

SogdianaO’zbekiston hamda Rossiyaning taniqli xonandasi Sogdiana, yaqindagina jajjigina o’g'il farzandlik bo’lgan edi. Bu haqida sizga portalimiz orqali xabar bergan edik. Hozirda xonanda bo’sh vaqtini o’g'lining tarbiyasi uchun sarf qilmoqda. Shu bilan birga yaratayotgan yangi qo’shiqlarini birinchi navbatda o’gliga kuylab bermoqda…Sogdiananing o’gli shu kunlarda 6 oylik bo’ladi. Ushbu muborak kun uchun o’g'liga atab yangi qo’shiq yaratdi. Yangi qo’shiqning so’zini Sogdiananing o’zi yozgan, hozirda studiyada yozish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. Shunisi qiziqarliki, Sogdiana o’g'li Arjunni uhlashga yotqizganida «Alla» qo’shig’ini emas, balki mana shu yaratayotgan yangi taronasini hech qanday aranjirovkasiz ijro etib uhlatmoqda. «Men qo’shig’imni amalda kuylab sinab ko’rdim, o’g'lim taronamni eshitishi bilan sokin uyquga ketadi», -deb ta’kidlab o’tdi, biz bilan suhbatda Sogdiana!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *