Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Iyun, 2006

Sogdiana "Fabrika"ni tark etdi!

SogdianaHa, ming afsuski estradamiz yulduzi Sogdiana «Yulduzlar fabrikasi — 6″ teleloyihasini tark etdi. U shu kungacha o’zini nimalarga qodir ekanligini hammaga isbotlay oldi. Uning mahorati barchaga birdek ayon. Albatta, uni finalga borishini istaganlar soni minglab, balki millionlab topilar edi. Biroq, Rossiya tanlovida ishtirok etayotgan o’zbek xonandasini g’olib chiqishi haqiqatdan yiroq edi. Zero, shuncha o’z yurtdoshlari turganda bizning hamyurtimizga g’oliblik kursini topshirib qo’yishni qaysi yurt ham istardi. Mayli, nima bo’lganda ham Sogdianani O’zbekistondan borib, shu bosqichgacha yetib kelishini o’zi katta yutuq! Shu ishni yana qaysi bir o’zbek xonandasi takrorlay oladi? Qani kim ayta oladi? Juda ham qiyin vazifani uddalagan Sogdianani hali oldinda katta yutuqlar kutib turibdi. Bular haqida esa keyinroq sizga ma’lumot beramiz. Darvoqe, Sogdiana bilan eksklyuziv intervyu faqat bizda bo’ladi. Agarda sizning Sogdianaga yo’llaydigan mahsus savollaringiz bo’lsa bemalol yozib qoldirishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *