Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 May, 2006

Sogdiana "Fabrika"da qoldi!!!

SogdianaSogdiana o’z ishini a’lo darajada uddaladi. U ishtirokchilar ichida tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi. Tasavvur qiling, Sogdiana yo’llangan SMSlarning 43%ga egalik qilib «Fabrika»da qoldi. Ha, aynan muxlislar Sogdianani bu safar qutqarib qolishdi. Buni qarangki, bu safar ham «Fabrika»ni hech kim tark etmadi. «Fabrika»ni tark etishi lozim bo’lgan Viktoriya Kolesnikovani bosh prodyuser qutqarib qoldi. Eng kutilmagan voqea esa Sogdianani avvalgi safar qutqarib qolgan Aleksey Xvoryastyanning qaytishi bo’ldi. Mana shunaqasi ham bo’lar ekan. Yana bir SENSATSION yangilik — Moskvaning katta ko’chalaridan birida 1 may kuni Sogdiananing rossiyalik ko’p sonli muxlislari uchrashuvi bo’lib o’tibdi. 100dan oshiq yig’ilganlar Sogdiana bilan qanday aloqa o’rnatish yo’lini izlash bilan birga, unga qanday qilib yordam berishni ham kelishib olishgan. Natijasi esa sizga ma’lum. Bu ketishda Sogdiana Rossiyada qolib ketishi ham mumkin. Bu haqda Sogdiana bilan bog’lanib, albatta uning javobini sizga yetkazamiz. Buning uchun saytimizni doimiy ravishda kuzatishingiz lozim.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *