Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Avg, 2006

Sogdiana bugun ertalab Toshkentga qaytdi…

SogdianaEstradamizning mega yulduzi (menimcha, endi uni mega yulduz deb bemalol aytishimiz mumkin) Sogdiana bugun ertalab azonda soat 5:00da Toshkentga uchib keldi. Aslida soat 4:20da Toshkentga yetib kelishi lozim edi. U keladigan somolyot buzilib qolganligi sababli boshqa reysda uchib kelishga to’g'ri kelgan, natijada ozroq ushlanib qolgan. Sevimli yulduzimiz Toshkentda bu safar ham ko’p bo’lmaydi. Faqatgina bir hafta xolos.Chunki uni Rossiyada «Yulduzlar fabrikasi» bilan bo’ladigan navbatdagi MDH davlatlari bo’ylab uyushtiriladigan gastrol safarlari kutib turmoqda. Xo’sh, Sogdiana Toshkentda nima bilan band bo’ladi? Albatta, taniqli kinorejissor Bahrom Yoqubov suratga olayotgan filmga tayyorgarlik ishlari bilan-da… Avval xabar berganimizdek, Sogdiana Bahrom Yoqubovning «Zumrad» ishchi nomli yangi filmida bosh rolni ijro etishi rejalashtirilmoqda. Film haqida batafsil ma’lumotni tez kunlarda e’tiboringizga havola etamiz. Darvoqe, ertaga Sogdiana film uchun mahsus soundtreck-qo’shiqni yozish ishlari bilan band bo’ladi. Nasib qilsa, ertaga sizni e’tiboringizga qo’shiq yozilish jarayonidan bir nechta fotosuratlarni taqdim etamiz.

Sogdiana


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *