Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Mart, 2007

Sobiq "Setora"chi Rizvongul!!!

RizvongulBundan bir necha kunlar ilgari sizni hukmingizga bir fotosurat havola etgan edik. U kimligini aniqlash esa sizni zimmangizga yuklatilgan edi. Juda ham oz sonli foydalanuvchilarimiz bu xonandani kim ekanligini aniqlay olishdi. Bu sobiq «Setora» a’zosi Rizvongul edi…

Shohruh Jo’raev she’r i, Pavel Uporov musiqasi asosida «Baxtliman» nomli yangi tarona yozildi. Bu qo’shiq «Setora» guruhining sobiq a’zosi Rizvongulni guruhni tark etganidan so’ng ijro etgan birinchi taronasi bo’ldi. Xonanda bu qo’shiqni yaratishdan oldin, san’atdagi imijini umuman o’zgartirdi, desak adashmagan bo’lamiz. Nafaqat imij, balki qo’shiqni ijro etish yo’llari ham o’zgargan. Qo’shiqni o’ziga keladigan bo’lsak, bir yarim oylik ijodiy izlanishlardan so’ng, Baxtliman taronasi yaratildi. Bu taronani siz hoziroq portalimizdan ko’chirib olib tinglashingiz mumkin. Taronaga bahoni esa sizdan kutib qolamiz!!! Tez kunlarda siz Rizvongulning bir-biridan ajoyib bo’lgan fotosuratlar jamlanmasini eksklyuziv tarzda bizning portalda tomosha qilishingiz mumkin.

Rizvongul


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *