Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Okt, 2009

Siz uni taniysiz: Shahzod!

ShahzodYosh estrada xonandasi Shahzod haqida menimcha ko’pchilik yetarlicha ma’lumotga ega. Ya’ni, «Bojalar» guruhi bilan yuz bergan mudhish voqea sodir bo’lganda, u ham birga bo’lganligini muxlislarning aksari yaxshi biladilar. Demak, biz bilgan «Bojalar» guruhining shogirdi Shahzod haqida to’xtalamiz.

Yosh iste’dod egasi Shahzod san’atga kirib kelganiga atigi 5 oy bo’ldi. Ammo, u yetarlicha shuhrat qozonishga ham ulgurdi. Aslida Shahzod Tohir Sodiqovdan ko’p narsalarni o’rganga va uning yonida san’at sirlarini o’rgana boshlagan. Tohir Sodiqovga havas qilgan, hozirgacha uning maslahatlariga quloq soladi, qisqaroq aytganda Tohir Sodiqovning ham shogirdi hisoblanadi. Qo’shiq kuylash, sahna va hayotdagi yurish-turish masalasida yo’l-yo’riq ko’rsatgan shaxslar esa Jahongir Poziljonov hamda rahmatlik Mo’min Oripov hisoblanadi. Shahzod sport va musiqa bilan doimiy ravishda shug’ullanib keladi. Hozirda Shahzod yana bir qo’shig’iga ishlangan klipi ustida ish olib bormoqda. Qo’shiq nomi «Sabina» deb nomlandi.

Shahzod


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *