Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Dek, 2008

Siz bilgan va bilmagan Doniyor A’zamov!

Doniyor A'zamovYangi qo’shiq dunyoga kelishida ijrochiga qaraganda, bastakor hamda shoirlarning hissalari juda katta bo’ladi. Chunki ular qo’shiqning asosiy qismi, ya’ni o’zagini yaratishadi. Yurtimizda ayni vaqtda juda ham ko’p bastakorlar faoliyat olib borishmoqda. Ana shundaylardan biri Doniyor A’zamovdir. Bugun ushbu bastakor haqidagi ba’zi bir qiziqarli va aniq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz…

Doniyor A’zamov 7 noyabr 1981 yilda azim Toshkentning «Eski shahar» hududida tavallud topgan. Yoshligidan musiqaga qiziqishi katta bo’lgan. Shu sababli ham uning ota-onasi 23 sonli musiqa maktabiga ilk ta’limlarni olishi uchun joylashtirishgan. O’sha paytlarda u milliy asboblarimizdan biri bo’lgan dutorni chalishni o’rgangan. Yosh Doniyor A’zamov boshqa sinfdosh do’stlaridan tirishqoqligi va izlanuvchanligi bilan ajralib turgan. Lekin Doniyor A’zamov juda sho’x bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan ushbu maktabni bitirib, Xamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi musiqa kollejiga o’rta ta’limni davom ettirish maqsadida o’qishga kirgan. U yerni ham a’lo baholarga bitirib, O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining «Musiqiy ovoz rejissorligi» fakultetiga o’qishga kirgan. Hozirda bastakor hamda ovoz rejissorligi kasbi bo’yicha Respublika ovoz yozish uyida o’z faoliyatini olib bormoqda.
Doniyor A’zamov tabiatan juda quvnoq inson. Lekin yolg’on gapirgan insonlarni yomon ko’radi. Optimist. Aytilgan joyga o’z vaqtida yetib borishga harakat qiladi, ammo… Uni ko’chada uchratib qolgan insonlar qo’pol va jahldor deb tasavvur qilishadi. Bu haqida o’ziga ham aytishgan. Ovqat tanlamaydi. Ovqat shirin bo’lsa bo’lgani. Har doim ovqatlanayotgan paytda pomidor va bodringdan tayyorlangan salat bo’lishi kerak. Shuningdek, limonli shirin choy, icetea ichimligi hamda «Glisse» ichimligini, ya’ni kofega musqaymoq qo’shilgan ichimlikni yaxshi ko’radi. Doniyor A’zamovning Diyora ismli, 3 yoshli jajji qizalog’i bor…

Doniyor A'zamov

Doniyor A'zamov

Doniyor A'zamov

Doniyor A'zamov

Doniyor A'zamov

Doniyor A'zamov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *