Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Noy, 2011

Sirli xonandaning ilk yurishi…

Akmal KamalovTobora avj olib borayotgan o'zbek estradasida bir qator xonandalar o'z faoliyatlarini a'lo darajada olib borayotgan bo'lsalar, yana qay birlaridir mutlaqo o'z o'rnilarini topa olmay bu olamni erta tark etmoqdalar. Biroq, ularning o'rnilarini yangidan yangi ijodkor-u, xavaskorlar egallab bormoqdalar. Bugun yana bir yangi xonanda katta sahna sari ilk qadamlarini asta qo'yishni boshlamoqda.

Akmal Kamalov — bu san'at olamiga ilk qadamlarini bosayotgan yosh xonandalardan yana biri hisoblanadi. U o'z ijodini qanday boshlashi va qanday darajada davom ettirishi hozircha bizga mavhum! Ammo, uni taniganlarning ta'kidlashlari bo'yicha Akmal Kamalov shou-biznesga bekorga kirib kelmayotganligini ta'kidlamoqda. Bu Akmal uchun shunchaki havas emas, balki kuchli raqobat ichida jiddiy kurash ekanligi ma'lum. Xo'sh, yosh xonanda bu kuchli raqobat ichida qanchalik bardosh bera oladi? U nimalar bilan ommani e'tiborini jalb eta oladi? Bu barcha savollarga javob berish uchun vaqt kerak bo'ladi.
Akmal Kamalovning yo'nalishi bugungi kunda anchayin ommalashishga ulgurgan milliy estrada yo'nalishi hisoblanadi. Biroq, uning shiddati xonandaning bo'lajak mavqeini yuqori bo'lishini tahmin qilishga sabab bo'lmoqda. Yaqin kunlarda Akmal Kamalov haqida barcha ma'lumotlarni siz azizlarga taqdim etishga harakat qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *