Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Noy, 2006

Sirli raqamlar yohud yashirin reklama…

Jo'rabek - Vay-vaySo’nggi paytlarda TV orqali reklama berish juda ham qimmatlashib ketgan… Xonandalarni sarf-harajati juda ham katta… Ular ham qayerdandir pul ishlab topishlari darkor. Shunday emasmi? Xo’sh, qanday qilib? Albatta to’y-xashamlardan pul topishlari mumkin. So’nggi chiqayotgan kliplarni tomosha qilgan bo’lsangiz, undagi yashirin reklamalarga ko’zingiz tushgan bo’lishi mumkin.

Bizning bu maqolamiz orqali sizni bir oz ziyraklikka chorlaymiz. Jo’rabek ijrosidagi «Vay-vay» taronasiga ishlangan klipni diqqat bilan tomosha qilgan tomoshabin ekranlarda paydo bo’ladigan raqamlardan hayratlangan bo’lishlari mumkin. U yerda shunchaki duch kelgan raqamlar emas, balki xonanda adminstratorining qo’l telefoni raqamlari yozilgan. Pastdagi suratga ahamiyat bering.

Jo'rabek - Vay-vay

Xuddi shunday hol yaqindagina ekran yuzini ko’rgan Abduvali Rajabovning «Bir juft yurak» qo’shig’iga ishlangan klipda ham takrorlanadi. U yerda Abduvali Rajabov klip so’ngida adminstratorining telefon raqamini kitobchaga yozib qoldiradi. Quyida suratda ko’rishingiz mumkin.

Abduvali Rajabov - Bir juft yurak

Bunday qiziq faktlar sizni qiziqtiradimi? Siz ham shu kabi qiziq kadrlarga ko’zingiz tushganmi? Unday bo’lsa, info@sb.uz manziliga maktub yo’llang!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *