Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Mart, 2009

Shukur aktyormi yoki xonanda?

ShukurEstrada xonandalari aktyorlik, aktyorlar esa xonandalik qilishi odatiy holga aylanib ulgurdi. Buning ham ijobiy, ham salbiy taraflari mavjud. Ijobiy taraflaridan biri haqiqiy ijodkorlar aynan mana shu kabi holatlarda toblanadi va yaqqol ajralib chiqadi. Estradamizning yana bir vakili Shukur ham xonandalik va aktyorlik sohalarida ijodini davom ettirmoqda.

Shukurning aktyorlik mahoratiga baho berish albatta muxlislarning zimmasidagi vazifa, biz esa uning ijodiy yangiliklari haqida sizga xabar berib boramiz. Yaqindagina «Janob hech kim» filmida ajoyib obrazni talqin etgan Shukur ushbu film uchun maxsus saundtrek ijro etganidan xabaringiz bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda tarona uchun klip tayyorlash ishlari bilan ovora. Shuningdek, «Nashvan» nomli guruh bilan ham duet ijro etdi. Buni qarangki, bu taronaga ham klip suratga tushirilishi rejalashtirilayotgan ekan.

Shukur


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *