Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shuhrat Vohidovning Ufadagi festivalda ishtiroki
14 Yan, 2013

Shuhrat Vohidovning Ufadagi festivalda ishtiroki

Shuhrat Vohidov Ufada2012 yilda chiroyli ijod qilib, o’zbek san’ati muxlislarini xushnud eta olgan Shuhrat Vohidov yil so’ngida ham tinim bilmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Shuhrat Vohidov 2012 yilning dekabr oyida Rossiyaning Ufa shahrida gastrol konsert dasturi bilan bo’lib qaytdi.

Ufa shahrida xalqaro festival bo’lib o’tdi. Unda esa Shuhrat Vohidov taklif qilingan mehmon san’atkorlar qatorida ishtirok etib qaytdi. Buni qarangki, boshqa bir qator yulduzlarimizdan farqli o’laroq Shuhrat Vohidov mazkur safarga bir o’zi yoki shuncha administratori bilan emas, balki butun bir ijodiy jamoasi bilan yo’l oldi. Ya’ni, Ufa shahrida bo’lib o’tgan festivalda O’zbekiston nomini yuksaklarga ko’tarish maqsadida Shuhrat Vohidov o’zi bilan Rushana Sultonova boshchiligidagi «Sanam» xalq raqs ansamlidan 10 nafar raqqosalarni ham olib ketdi. Bu hali hammasi emas, Shuhrat Vohidov o’ziga yuklatilgan ma’suliyatni his etganidanmi yoki bo’lmasa shunchaki ona yurtiga bo’lgan muhabbati shu qadar kuchliligidanmi, xullas o’zi bilan ajoyib videolavha ham olib ketgan. Videolavhada ona yurtimizning go’zal maskanlari, tarixiy obidalari, milliy musiqa asboblarimiz namoyon bo’ladi. Ushbu videolavha festivalda Shuhrat Vohidov sahnada qo’shiq kuylayotgan vaqtda monitor orqali namoyish etilib turdi. Yashavoring Shuhrat Vohidov! Qoyil, demasdan iloj yo’q. Qani endi hamma yulduzlarimiz ham shu xonanda kabi xorijiy festivallarga yo’l olar ekan, barchasini puxta o’ylagan holda yurtimiz nomini cho’qqilarga ko’tarishga harakat qilsalar.

 Shuhrat Vohidov Ufada

Shuhrat Vohidov Ufada

Shuhrat Vohidov Ufada

Shuhrat Vohidov Ufada

Shuhrat Vohidov Ufada


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 173 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *