Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Apr, 2014

Shuhrat Vohidovning «Nurli kecha»si endi disklarda…

Shuhrat Vohidov 2014 konsertO’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan iste’dodli xonanda Shuhrat Vohidov, raqs malikasi Rushana Sultonova va «Sanam» ansambli bilan birgalikda shu yilning 27-28-fevral kunlari muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida o’zlarining «Nurli kecha» deb nomlangan konsert dasturlarini taqdim etganlaridan xabaringiz bor.

Bugun biz sizlarga mazkur konsert dasturining videosi DVD disklarda sotuvga chiqarilganligini ma’lum qilamiz. Ajoyib shou ko’rinishida bo’lib o’tgan konsert dasturida Shuhrat Vohidov o’zining eng sara va yangi taronalarini tashrif buyurgan muxlislar uchun ijro etdi. Konsert dasturida ijro etilgan qo’shiqlarning umumiy soni 21tani tashkil etadi. Ulardan 2tasi duet tarona bo’lib, Ziyoda hamda Ozodbek Nazarbekov bilan birgalikda ijro etilgan. Shuningdek, Shuhrat Vohidovning shogirdi Azizbek G’iyosov ham o’z taronasi bilan chiqish qilgan. Konsert dasturi ajoyib dekoratsiya va shou dasturlar bilan boyitilganligi alohida ta’kidlab o’tish lozim. Xonandaning san’atkor do’stlarining aksari mazkur konsert dasturida mehmon bo’lib tashrif buyurishgan. Jumladan, Nasiba Abdullaeva, Ulug’bek Rahmatullaev, Hosila Rahimova, Anvar Sanaev, Farhod va Shirin, Abdulla Shomag’rupov, Dilnoza Ismiyaminova, Gulsanam Mamazoitova va boshqalar. Konsert haqida qancha ko’p yozsakda, bir bora ko’rganga hech narsa yetmaydi. Shuning uchun sizlarni «Ohang media» tomonidan sotuvga chiqarilgan DVD disklarni harid qilib, miriqib tomosha qilishga chorlab qolamiz.

 

Shuhrat Vohidov 2014 konsert (treyler) (57)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 252 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *