Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Sen, 2012

Shuhrat Vohidovning «Ko'ngil»ini endi videoda ko'ramiz!

Shuhrat VohidovIste'dodli xonanda Shuhrat Vohidovning ijodi haqida so'nggi paytlarda ma'lumotlar bermay qo'ygan edik. Mana endi esa yana biz bu ijodkorning ijodiy yangiliklarini siz azizlarga yetkazishni davom ettiramiz. Hozirgi kunda Shuhrat Vohidov «Ko'ngil» nomli yangi qo'shiq kuyladi va bu qo'shiqqa klip ham suratga olish taraddudida.

Musaxon Nurmatov musiqasi, Botir Ergashev so'zi bilan ijro etilgan «Ko'ngil» taronasi sho'x ohangda ijro etilgan bo'lib, yaqin kunlarda mazkur qo'shiqqa klip ham tasvirga tushiriladi. Klipni suratga olish ishlari odatdagidek Shuhrat Vohidovning bir necha yillik klipmeykeri Avaz G'ofurovga ishonib topshiriladi. Demak, yaqin orada biz «Yolg'on»chi Shuhrat Vohidovdan yana bir «Ko'ngil»li klipni qarshi olar ekanmiz. Kutamiz!

Shuhrat Vohidov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *