Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Noy, 2012

Shuhrat Vohidovni Samarqandda kuting!

Shuhrat VohidovIste'dodli xonanda Shuhrat Vohidov ijodidan yangiliklarni siz azizlarga yetkazishda davom etamiz. Yodingizda bo'lsa, bundan avvalroq Shuhrat Vohidov yangi qo'shiqlaridan biriga shahar ko'chalari bo'ylab klip suratga tushirganligi haqida xabar bergan edik. Bugun esa uning navbatdagi gastrol safariga to'xtalamiz.

Shuhrat Vohidovning muxlislari yurtimizning barcha yerlarida topiladi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. So'zimiz tasdig'i sifatida unga Samarqandda yakkaxon konsert dasturini taqdim etish bo'yicha muxlislardan takliflar tushganini aytib o'tish mumkin. Bu taklifga labbay, deb javob bergan Shuhrat Vohidov 30 noyabr va 1 dekabr kunlari Samarqandda o'zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadigan bo'ldi. Ishonamizki, konsert dasturi barcha muxlislarga manzur bo'ladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *