Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Iyun, 2012

Shuhrat Vohidov xorijdan qaytib, ijodga kirishdi!

Shuhrat VohidovO'zbekistonda hizmat ko'rsatgan madaniyat hodimi Shuhrat Vohidov «Yolg'on» nomli sho'x taronasidan keyin shu kabi qo'shiqlardan yana kutayotgan muxlislar bizga murojaat etishdi. Biz muxlislarning talablariga binoan Shuhrat Vohidov bilan bog'lanib, u haqida yangilik taqdim etishga qaror qildik.

Shuhrat Vohidov bir qator xorijiy davlatlarda gastrol safari bilan yurganligi sababli so'nggi paytlarda ijodiy yangiliklarni kuzatmayotgan edik. Mana endi u gastrol safaridan eson-omon qaytib, yana ijodga sho'ng'ib ketdi. Ayni damda Shuhrat Vohidov taniqli bastakor Musaxon Nurmatov bilan birgalikda yangi qo'shiqlar ustida ish olib bormoqda. Tez orada aynan Musaxon Nurmatov musiqasi asosida yangi qo'shiq xonish etiladi va u tayyor bo'lgach, shu zahotiyoq unga klip suratga tushirish ishlari boshlanishi rejalashtirilgan. Demak, oldinda bizni ajoyib yangiliklar kutib turibdi.

 

Shuhrat Vohidov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *