Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyun, 2012

Shuhrat Vohidov kuzda konsert beradi

Shuhrat VohidovIste'dodli xonanda Shuhrat Vohidov so'nggi paytlarda ijodiy faoliyatini yuksaltirish uchun tinmay izlanishlar olib bormoqda. Doimo biror bir yangilik bo'ladi, bu ijodkorda. Mana bugun Shuhrat Vohidov o'z tinglovchilarini hursand qilish uchun yakkaxon konsert dasturiga jiddiy tayyorgarliklarni boshlab yubordi.

Kuz faslining ikkinchi oyida, ya'ni oktyabr oyida Shuhrat Vohidov «Istiqlol» san'at saroyida o'zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu konsert dasturi esa odatiy konsertlardan tubdan farq qilishi kutilmoqda. Zero, unga mutlaqo yangicha yondashuvda tayyorgarliklar ko'rilmoqda. Hali konsert dasturi bo'lishiga 4 oy vaqt bor bo'lishiga qaramay hozirdan unga taraddud ko'rilmoqda. Qanday konsert dasturi bo'lishini esa hozircha batafsil aytib o'tirmaymiz, ammo bu haqida hali yana alohida to'xtalib o'tamiz. Hozircha esa biz Shuhrat Vohidovga omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *