Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shuhrat Vohidov «Janona»ga klip oldirmoqda
29 Mart, 2013

Shuhrat Vohidov «Janona»ga klip oldirmoqda

Shuhrat VohidovXushovoz xonanda Shuhrat Vohidov ijodiy faoliyati doimo qaynab turadigan xonandalardan. U bilan doimo bog’langanimizda biror bir tadbirda bo’ladi. Shu bilan bir qatorda ijodini ham hech ham to’xtatmaydi. Mana hozirgi kunda Shuhrat Vohidov yana bir yangi taronasi uchun klip suratga tushirmoqda.

«Janona» deb nomlangan yangi qo’shiq uchun hozirda klip suratga olish uchun taraddud ham boshlanib ketgan. Mazkur klip suratga olinib bo’lingach, biz sizlarga klip jarayonidan fotolavhalar taqdim etishga harakat qilamiz. Darvoqe, ertaga 30 mart kuni Shuhrat Vohidov o’z tavallud kunini oilasi davrasida nishonlaydi. Biz ajoyib ijodkorni yaqinlashayotgan tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. Uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz! Ma’lumotlarga qaraganda Shuhrat Vohidov tug’ilgan kunini nishonlab bo’lgach, xorij davlatlaridan biriga gastrol safari bilan yo’l olishi ham rejalashtirilgan ekan. Safar bexatar bo’lsin!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 207 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *