Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shuhrat Vohidov bastakor Lola Yo’ldosheva bilan ishlamoqda…
9 May, 2014

Shuhrat Vohidov bastakor Lola Yo’ldosheva bilan ishlamoqda…

Shuhrat VohidovXushovoz xonanda Shuhrat Vohidov yangi taronalar kuylab, qo’shiqlar guldastasi bilan yaqin kunlarda xalqimizni xushnud etishni niyat qilgan. Ayni kunlarda deyarli har kunini yangi qo’shiqlar tayyorlashga ajrayotgan xonanda hozirda Lola Yo’ldosheva bilan qo’shiqlari ustida ish olib borayotganligini ma’lum qildi.

Hamma hayron qolsa kerak, nahotki endi Lola Yo’ldosheva o’z kasbini o’zgartirib, bastakorlik bilan mashg’ul bo’lsa deb. Yo’q, bu Lola Yo’ldosheva xonanda emas, shunchaki xonanda Lola bilan ismdosh va familiyadosh ekan. Hayotda shunaqasi ham uchrab turadi. Shuhrat Vohidov shuningdek yangi taronalarni tayyorlashda Musaxon Nurmatov, Botir Ergashev, Rinat Abubakirov kabi ijodkorlar bilan hamkorlik qilmoqda. Yangi taronalar tez orada tayyor bo’ladi va ularga mos ravishda nom ham qo’yiladi. So’ngra esa kliplar tasvirga tushirilishi rejalashtirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 282 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *