Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shuhrat Vohidov 29-30 noyabrda konsert beradi!!!
4 Okt, 2013

Shuhrat Vohidov 29-30 noyabrda konsert beradi!!!

Shuhrat Vohidov 2013 konsertO’zbek estradasi olamida bir necha yildan buyon ijod qilib kelayotgan xonanda Shuhrat Vohidov ham o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun taraddud ko’rmoqda. 29-30 noyabr kuni soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Shuhrat Vohidov o’zining «Nurli kecha» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Konsert dasturida Shuhrat Vohidov ijrosida bir necha yangi qo’shiqlarni tinglashingiz mumkin. Raqs malikasi Rushana Sultanova boshchiligidagi «Sanam» xalq raqs ansambli mazkur konsert dasturida turli raqs chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tiborini tortadilar. Konsert dasturi siz azizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz. Barchangizni Shuhrat Vohidovning «Nurli kecha» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturiga taklif etamiz. Madaniy xordiq olish vaqti keldi.

Yana bir yangilik, Shuhrat Vohidov yangi «Nozlana» nomli qo’shig’iga klip suratga tushirdi va bu klip kuni kecha tayyor bo’ldi. Tez kunda ushbu klipni ham siz azizlarga taqdim etishga harakat qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 150 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *