Shuhrat Musaev «Uz.Love party»da ishtirok etadi!!!
Asli O’zbekistonlik, ammo hozirda Rossiyada o’z ijodini davom ettirayotgan xonanda Shuhrat Musaev haqida avvallari tez-tez ma’lumotlar berib turar edik. Mana endi yana siz azizlarga Shuhrat Musaev yangiliklaridan boxabar etishda davom etamiz. Shuhrat Musaev 15-fevralda Moskvada konsertda ishtirok etadi.
15-fevral kuni Moskva shahrida joylashgan «Rayhon» restoranida «Uz.Love party» bayramona konsert tadbiri bo’lib o’tadi. Bahor fasli kirib kelish arafasida «Bayram-Event» kompaniyasi tomonidan Moskvada istiqomat qilayotgan O’zbekistonliklar uchun romantik bayram oqshomini taqdim etadi. Bayramga tashrif buyuruvchilarni o’zbek oshxonasidan iborat furshet, iqtidorli sana’tkorlar ishtirokidagi shou-dastur hamda diskoteka kutmoqda.
Dasturda xalqaro festival va tanlovlar laureatlari ishtirok etadilar. Jumladan, «Raqs» o’zbek raqs guruhi, «Tres Panteras» sharqona raqs shou-guruhi, xonanda Laylo Ahmadova, «Evrovidenie 2012″ saralash bosqichi ishtirokchisi Sardor Milano, taqbir boshlovchisi taniqli aktyor Akbarxo’ja Rasulov hamda Shuhrat Musaev ham ishtirok etadi.
Agarda siz ham ayni damda Moskva shahrida bo’lsangiz, ushbu tadbirga tashrif buyurishni tavsiya etamiz. Barcha savollar bo’yicha quyidagi telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin: +7(967)0566942 +7(926)6063937 +7(909)9966995.