Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Apr, 2006

Shou-biznes.UZ saytining matbuot anjumani

Matbuot anjumani2006 yil 12 aprel kuni soat 15:00da «Akfa-media» ijodiy markazida Shou-biznes olami saytining matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, sayt ijodkorlari hamda estrada yulduzlari ishtirok etishdi. Ommaviy axborot xodimlari anjumanga tashrif buyurib, bizning sayt haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Matbuot anjumaniBiz, ya’ni Shou-biznes olami portali ijodkorlari soat 13:00da «Akfa-media» ijodiy markaziga yetib keldik. Darvoqe, shu o’rinda portal ijodiy guruhi haqida qisqacha to’xtalib o’tsak: sayt muallifi va bosh muxarrir Mirtohir Mirg’ulomov, portal web-kontent programmisti Rustam Fayziev, saytning ruscha talqini bo’yicha ma’sul muxarrir Matluba Musaeva hamda portal dizayneri, texnik ta’minotga javobgar shaxs Sanjar Abdug’aniev (Sanjar ayni kunda Sankt-peterburgda bo’lganligi bois matbuot-anjumanida ishtirok eta olmadi). Buni qarangki aytilgan matbuot anjumaniga OAV xodimlaridan oldinroq taklif qilingan estradamiz yulduzlari yetib kelishdi. Jumladan, Yayra, Jo’rabek, «Radius-21″ guruhi, Ziyoda va boshqalar. So’ng asta-sekinlik bilan bizni kuttirgan jurnalistlarimiz ham tashrif buyurishdi. «30-kanal», «TV-MARKAZ», «TTV» telekanallari, InfoCOM jurnali, «Tasvir», «7 kun», «Toshkent haftanomasi», «Kayfiyat» va boshqa ko’plab gazeta va radio xodimlari tashrif Matbuot anjumanibuyurishdi. Matbuot anjumanida sayt haqida alohida to’xtalib o’tilib, kelajakdagi rejalar bilan ham jurnalistlarni voqif etdik. Bu rejalar, yangiliklardan siz ham xabardor bo’lishni istasangiz portalimizni doimiy ravishda kuzatib boring!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 162 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *