Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shoiraning yangi albomi taqidmotidan…
11 Yan, 2013

Shoiraning yangi albomi taqidmotidan…

Shoira Otabekova - Tabassum albom taqdimotiBir qancha vaqt ko’rinmay qolgan Shoira Otabekova mana 2013 yil boshidan katta rejalar bilan yana ijodga kirib keldi. Shoiraning ilk qadamlaridan biri bu uning yangi albomi taqdimoti edi. 10 yanvar kuni soat 18:00da «Kontinent» supermarketida joylashgan «Nirvana» musiqiy do’konida Shoira Otabekova o’zining yangi albomi taqdimotini o’tkazdi.

Albom taqdimotini siz-u bizga juda yaxshi tanish bo’lgan Dj Rustambek olib bordi. Albom taqdimoti boshida OAV hodimlari bilan kichik bir matbuot anjumani o’tkazildi. Unda jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishga muyassar bo’ldilar. Kichikkina o’tkazilgan albom taqdimotidan so’ng Shoira Otabekova o’zining «Tabassum» albomidan o’rin olgan bir qator qo’shiqlarini yig’ilgan muxlislar uchun kuylab berdi. So’ngra esa albomning ilk egalariga aylangan muxlislar Shoira Otabekovadan dastxat hamda devoriy suratlarni ham sovg’a tariqasida qabul qilib oldilar.

Esltaib o’tamiz, Shoira Otabekovaning «Tabassum» albomidan xonandaning 16ta yangi qo’shig’i o’rin olgan. Mazkur albom bizning hamkorimiz «Nirvana» musiqiy do’konlarida sotilmoqda. Biz o’z o’rnida Shoira Otabekovaga kelgusi ijodida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

 Shoira Otabekova - Tabassum albom taqdimoti

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 676 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *