Shoira Otabekovaning yangi yil shousi!!!
Hozirgina Shoira Otabekovaning yangi yil shousi o’z yakuniga yetdi. Shou-dasturda o’zbek estradasining eng yorqin namoyondalari, jurnalistlar, shoirlar, bastakorlar, klipmeykerlar ishtirok etishdi. Batafsil tafsilotlar bilan hoziroq tanishing!
Soat 20:00da Markaziy mehmonxonada Shoira Otabekova hamda Shavkat Shodievning do’stlar davrasidagi yangi yil shousi boshlandi. Shouning boshidanoq estradamiz yulduzlari birma-bir kirib kela boshlashdi: Sardor Rahimxon, Doston Ubaydullaev, Samandar, Abduvali Rajabov, Sarvar Rahmatxo’jaev, Yasmina, Indi, Davron Ergashev, O’lmas Olloberganov, «Kvartet» guruhi va boshqa ko’plab yulduzlarimiz. Kechani FM 101 to’lqining eng jarangdor ovoz sohibi Jamshid Xojiniyozov hamda «Oriat Dono» radiosining xushchaqchaq boshlovchisi Zaynabbegim Yunusovalar olib borishdi. Kechada nafaqat kuy va qo’shiqlarga, balki bir-biridan qiziq o’yinlarga ham guvoh bo’lishingiz mumkin edi. Dasturxon esa to’la nozu-ne’mat! Xullas, barchasi bayramona tusda! Bunday kechada ishtirok etgan yurtdoshlarimiz hali ancha vaqt bu oqshomni unutmasalar kerak.
Barcha fotosuratlarni tomosha qilish