Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Dek, 2007

Shoira Otabekovaning Yangi Yil bayram shousi!!!

Shoira OtabekovaYulduzlarga oshiqadigan muxlislar juda ham ko’plab topiladi. Ammo, yulduzlarimiz orasida ham o’z muxlislariga intiladigani bormi? Albatta bor! Ularni ro’yhatini Shoira Otabekova hamda Shavkat Shodievdan boshlasak ayni muddao bo’lsa kerak. Sehrli bayram deya e’tirof etiladigan yangi yilga ham sanoqli kunlar qoldi. Bunday ajoyib kunlarni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish zarur! Buning uchun esa Shoira Otabekova yulduzlar davrasida ajoyib shou-dastur uyushtirishga qaror qildi. Unda siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

Shoira Otabekovaning yangi yil shou dasturiga taklif etilgan yulduzli mehmonlar ro’yhatiga nazar tashlaymiz: Aziza Niyozmetova, Ozoda Nursaidova, Rayhon, Shahnoz, Manzura, Sevara Nazarxon, Nilufar Usmonova, «Setora», Shahriyor, Shoxrux, Abduvali Rajabov, Yasmina, Sardor Rahimxon, Doston Ubaydullaev, O’lmas Olloberganov, Shohruhxon, Shukrullo Isroilov va ko’plab boshqa yulduzlar. Kechani Zaynabbegim Yunusova va Jamshid Xojiniyozov olib boradilar. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek yangi yil shou dasturi Shoira Otabekova hamda uning prodyuseri, xonanda Shavkat Shodiev tomonidan uyushtirilmoqda. Siz ushbu shou dasturiga tashrif buyurib Shoira Otabekovani mutlaqo yangi qiyofada ko’rasiz va uning hamda Shavkat Shodievning yangi qo’shiqlaridan ham eksklyuziv tarzda bahramand bo’lasiz.

Demak, siz uchun juda ham muhim ma’lumotlarni ma’lum qilamiz. Shoira Otabekovaning yulduzlar ishtirokidagi yangi yil bayram shousi 30 dekabr kuni soat 19:00da Markaziy mehmonxona(sobiq «Sheraton» mehmonxonasi)da bo’lib o’tadi! Bunday kechani o’tkazib yubormang! Eng qiziqarli va unutilmas yangi yilni o’zingizga taqdim eting! Chiptalar juda ham oz. Shunday ekan shoshiling! SB.uz portali ham ushbu kechada mehmon bo’ladi!!!
Murojaat uchun telefonlar: (+99890)1683006, (+99897)3303553

Shoira Otabekova

Shavkat Shodiev

Markaziy mehmonxona


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *