Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shoira Otabekovadan qaynoq yangiliklar…
22 Iyul, 2014

Shoira Otabekovadan qaynoq yangiliklar…

PhotoMania Shoira OtabekovaO’zbek estradasining yorqin ijodkori, o’zining dilga yaqin taronalari ila ko’plab muxlislar mehrini qozonib kelayotgan xonanda Shoira Otabekova so’nggi paytlarda ijod ummoniga sho’ng’igan. Ayni paytda uning «Sog’lom bola» deya nomlangan qo’shig’i tayyor va tez kunda bu qo’shiqni FM radiolari orqali tinglash imkoniga ega bo’lasiz.

Ushbu ijod na’munasi xonandaning tobora yaqinlashib kelayotgan ulug’ bayramimiz — Mustaqilligimizning 23 yilligiga bag’ishlangan sovg’asidir. Ushbu qo’shiqda xonandaning vatanga bo’lgan muhabbati va iftixori aks etgan. Hozirgi kunda estradamiz yulduzi o’z ijodiy guruhi bilan hamkorlikda ushbu qo’shiqqa klip suratga olishni rejalashtirmoqda.
Qolaversa hozirda xonanda bastakor va matn muallifi Rustambek Xudayberganov bilan «Yor-yor» nomli tarona ustida ishlamoqda.
Shoira Otabekovaga ijodiy zafarlar tilab qolamiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 234 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *