Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Dek, 2009

Shoir, bastakor va prodyuser Yakzondan yangiliklar!

YakzonShoir va bastakor Yakzon hozirda Rayhon uchun «Tabassum qil» va Nilufar Usmonova uchun yangi yilga atalgan maxsus qo'shiq matnini yozib tugatdi. Shuningdek, «Fayoz» guruhining prodyuserlik, Yagonaning administratorlik ishlarini olib borayotgan Yakzon loyihalarni ham unutmagan holda ishlamoqda.

«Fayoz» guruhi qo'shiqlaridan biriga yaqinda klip suratga olishni ham rejalashtirmoqda. Yakzonning aytishicha, klip «Fayoz» guruhi muxlislari uchun yangilik bo'ladi. Yagonaga esa klip suratga olish ishlari tugatilgan. Izlanuvchan ijodkor Yakzon hozirda yana bir sirli xonandaning prodyuserlik ishiga kirishganini ma'lum qildi. Bu xonanda kimligini yaqin kunlarda bizning portaldan bilib olishingiz mumkin. Bu ishlardan tashqari Yakzon hozirda Zebo uchun 2ta, Farruh Komilov uchun 1ta taronaning matnini yozib bitirdi. Yaqin kunlarda Yakzonning muxlislari uning qalami bilan kuylangan taronalardan bahramand bo'lishi mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *