Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Fev, 2012

Shohsanam qaytdi, lekin yana ketadi!

ShohsanamXushovoz xonanda Shohsanam uzoq muddatlik tanaffusdan so'ng yana ijodga qaytdi. Barcha OAV vositalari orqali Shohsanamning ijodi va u haqidagi ma'lumotlar asta-sekin paydo bo'la boshladi. Xo'sh, xonanda ayni kunlarda nimalar bilan band?

Bu savolga javob olish maqsadida biz Shohsanam bilan bog'landik va u hozirda ijodga yana jiddiy kirishganligi, yangi qo'shiqlar ustida ish olib borayotganligini ma'lum qildi. Biroq, yaqin orada u yana ketadi! Qiziq, yana qayerga ketadi, deysizmi? Hech ham havotir olmang, u endi xorijga ijodiy gastrol-konsert dasturi bilan yo'l oladi. Ammo, qaysi davlatga borishi hozircha sir saqlanmoqda. Tez kunlarda bu haqida bilib olamiz. Bizga yana shu ma'lumot ayon bo'ldiki, u xorij safari davomida qo'shiqlaridan biriga klip ham tasvirga tushirib qaytar ekan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 108 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *