Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shohsanam ijodga qaytdi!!!
5 Dek, 2014

Shohsanam ijodga qaytdi!!!

ShohsanamBir muddatlik tanaffusdan so’ng Shohsanam yana o’z ijodini boshladi. Siz-u bizga Shohsanam o’zining «Shaqqildoq» taronasi orqali yaxshi tanish edi. Mazkur taronani tinglamagan san’atsevar inson O’zbekistonda topilmasa kerak. Mana endi Shohsanam bundanda yaxshi taronalar ijro etish uchun san’atga qaytdi!

So’nggi paytlarda ijodni bir chetga surgan holda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan Shohsanam yana san’at olami eshigini taqillatmoqda. U endi bir o’zi emas, balki o’g'li bilan qaytmoqda. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, endilikda Shohsanamning o’g'li ham qo’shiq kuylab, o’z ijodini namoyish etish niyatida. Asli ismi Otabek bo’lgan, ammo Bek tahallusi bilan o’z ijodini boshlayotgan yosh xonandaga ham ijodiy parvozlar tilab qolamiz. Shohsanamning so’nggi ijodiy namunalarini tinglashni istasangiz bizni portalimizni doimiy ravishda kuzatib boring. Shuningdek, Shohsanamning rasmiy sayti www.shohsanam.uz ham o’z faoliyatini bugundan qayta boshladi. Yangiliklardan mana shu internet manbalari orqali boxabar bo’lib borishingiz mumkin. Ha aytgancha, Shohsanamning o’g'li Bekning ham rasmiy sayti tez orada tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqida keyinroq yana albatta to’xtalib o’tamiz. Bugun biz sizlarga Shohsanam ijrosidagi yangi «Meni navolardan ayirma hayot» nomli taronani taqdim etamiz. Ushbu tarona Anvar Mirzo so’zi, Akrom Ibodullaev musiqasi bilan kuylangan. Qo’shiq nomiga ahamiyat berdingizmi? Bu kimga murojaat? San’at nonini yegan inson, yana qaytib san’atga keladi, degan gap rost! Bu olam o’ziga tortuvchi olam. Buni isboti sifati Shohsanamni yana ijodga qaytishini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Ijodkorga omadlar tilagan holda sizlarga yangi taronani taqdim etamiz!!!

Shohsanam - Meni navolardan ayirma hayot (54)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 351 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *