Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Shohruhxonning bo’ydoqlikdagi so’nggi konserti tugadi!
26 May, 2016

Shohruhxonning bo’ydoqlikdagi so’nggi konserti tugadi!

Shohruhxon 2016 konsertO’zbek estradasining yorqin yulduzi Shohruhxon 3 kun mobaynida, ya’ni 23-24-25 may kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’zining bo’ydoqlik davridagi so’nggi konsert dasturini o’tkazdi. Juda ham ajoyib o’tgan ushbu konsert dasturida muxlislar kutgan va kutmagan taronalar jarang sochdi.

Shuningdek, bir qator duet qo’shiqlar ham ijro etildi. Duetlarning biri esa Asal Shodieva bilan bo’lib o’tdi. Bu menimcha muxlislar uchun eng shov-shuvli duet bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Shohruhxon o’z onasiga ta’zim qilishi-yu, Asal Shodievaga «I love you» deb yozilgan qizil yurakchani sahnada barcha muxlislar ko’z o’ngi taqdim etishi hayqiriqlarga va qarsaklarga sabab bo’ldi. Sevimli qo’shiqlar va jozibador raqslar ham bu konsertdan o’rin olganligini aytib o’tirmasak ham barchaga ayon. Ana endi esa Shohruhxon to’yga harakatni boshlasa ham bo’laveradi. Zero, ularning Asal Shodieva bilan bo’lib o’tadigan nikoh oqshomida juda ham oz qoldi!!!

Fotosuratlar muallifi: Ilyosxo’ja Sultonxo’jaev.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *