Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Shohruhxonning 2017-yilgi konsertidan eksklyuziv fotoreporaj!!!
12 Fev, 2017

Shohruhxonning 2017-yilgi konsertidan eksklyuziv fotoreporaj!!!

Shohruhxon 2017 konsertO’zbek estradasining yorqin yulduzi, yoshlarning sevimli xonandasi Shohruhxon o’zining bu yilgi konsert dasturini ilk kunini a’lo darajada o’tkazdi. O’zining 20dan oshiq qo’shiqlari bilan «Istiqlol» saroyiga tashrif buyurgan muxlislarini quvontirgan Shohruhxon kutilmagan trioni ham ijro etdi.

Kimlar bilan trio kuyladi, deysizmi? Shahriyor hamda Zarina Nizomiddinova bilan!!! «Yulduzlar» taronasini mana shu trio ijro etdi. Shohruhxon o’zining bir qator hit taronalarini remiks ko’rinishida ham muxlislar hukmiga havola qildi. Albatta, har bir konsertda bo’lgani kabi, bu yilgi konsertda ham Shohruhxon yangi taronalarini ijro etib o’z muxlislarini xushnud etdi. Har bir qo’shiq uchun tayyorlangan o’ziga xos chiqishlar esa ko’zni quvontirmay qolmasdi.
Shohruhxonni qo’llab-quvvatlash uchun bir qator estradamiz yulduzlari, shou-biznes olami vakillari ham tashrif buyurishdi. Nasiba Abdullaeva, Ulug’bek Rahmatullaev, Mavluda Asalxo’jaeva, Guli Asalxo’jaeva, Botir Qodirov, «Afruz» guruhi, Aziza Nizomova, Ali Otajonov va yana ko’plab boshqa yulduzlarni «Shaydo» deb nomlangan konsert dasturida ko’rishingiz mumkin edi. Konsert juda ham yuqori kayfiyatda o’tdi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Ana endi esa konsert davomida tushirilgan eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilishga sizlarni taklif qilib qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *