Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shohruhxonning 2015-yilgi konsertidan fotoreportaj!!!
17 Fev, 2015

Shohruhxonning 2015-yilgi konsertidan fotoreportaj!!!

Shohruhxon 2015 konsertMana bugun Shohruhxonning konsert dasturining so’nggi kuni bo’lib o’tadi. SB.uz portali ijodiy jamoasi turli tadbirlar bilan ovora bo’lib, konsertning birinchi kunida ishtirok eta olmadi. Biroq, konsertning ikkinchi kuniga tashrif buyurib, siz azizlar uchun maxsus fotoreportaj tayyorladik.

Yoshlarning sevimli xonandasi Shohruhxon yakkaxon konsert dasturi juda ham a’lo darajada o’tmoqda. Konsertning ikkinchi kuni, ya’ni 16-fevral kuni konsertga o’zbek estradasi va kino olami yulduzlari tashrif buyurishdi. Tashrif buyurgan yulduzli mehmonlar orasida Shahzoda, Rayhon, Tohir Sodiqov, Alisher Uzoqov, Nilufar Usmonova, Umidaxon, Farruh Komilov, Tohir Usmonov, Asal Shodieva, «Bojalar» guruhi, Ziyoda va boshqalarni ko’rishingiz mumkin edi.
Shohruhxon konsert dasturi har yilgidek juda ham quvnoq va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Konsertda Munisa Rizaeva, Lola, Shahzoda, «Bojalar» guruhi bilan kuylangan duet taronalar ijro etildi. Sahna dekoratsiyasi ham o’ziga xos tarzda bezatilgan.

Quyida siz azizlar uchun konsert davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Baymuhammedovlar tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 4 299 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *