Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shohruhxon tavallud kunini muxlislar bilan qarshiladi!
29 May, 2013

Shohruhxon tavallud kunini muxlislar bilan qarshiladi!

Shohruhxon tavallud kuniEstradamiz yulduzi Shohruhxon bugun 29 may kuni o’z tavallud ayyomini nishonladi. Ushbu tavallud kun Shohruhxon uchun hayotidagi eng unutilmas kun bo’lganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Shohruhxon tavallud kuni kirib kelgan ilk daqiqalarida uning muxlislari olovli yozuvlar yordamida Shohruhxon uyi oldida uni ismini yerga yozib tabriklashdi.

Tabrikning ikkinchi qismi esa bugun soat 16:30da Muloqot.uz kafesida bo’lib o’tdi. U yerda Shohruhxonni muxlislari ajoyib sovg’a-salomlar bilan qarshi oldilar. Fan-klub a’zolari tomonidan Shohruhxon uchun atalgan bir qator sovg’alar topshirilgach, birin-ketin tabriklarga, so’ngra esa savollarga o’tishdi. Shohruhxon muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Savol-javoblardan so’ng esa Shohruhxonning ashaddiy muxlisalari qo’shiq kuylab berdilar. Ular orasida Ulker ismli qiz Lara Fabian ijrosidagi  «Je T’aime» taronasini jonli ravishda ijro etib berdi. Shohruhxon esa bu ijrodan qoyil qolganligi sababli o’rnidan turib, ushbu muxlisasi oldida tizzasiga cho’kkalab o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Kelgan muxlislarni xushnud etish maqsadida Shohruhxon o’zining bir qator qo’shiqlarini ham kuylab berdi. Musiqiy chekinishdan so’ng, Shohruhxon uchun atalgan maxsus tort kesildi. Keyin esa muxlislar esdalik uchun fotosuratlarga tushdilar. Shohruhxonning bugungi tug’ilgan kuni mana shu ko’rinishda kechdi. Ushbu jarayondan esa SB.uz portali jamoas maxsus fotoreportaj ham tayyorladi. Buni tayyorlashda bizga «Asr Media» studiyasi fotosuratchilari o’z yordamlarini ko’rsatdilar. Mazkur tadbirni tashkillashtirishda Muloqot.uz ijtimoiy tarmog’ini ham hissasi katta bo’ldi.

O’z o’rnida SB.uz portali ijodiy jamoasi ham Shohruhxonni bugungi tavallud kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etib qoladi. Unga ezgu tilaklar tilagan holda, muxlislari aytganidek tez orada o’z sevimli yorini topishiga tilakdosh bo’lib qolamiz. Hamisha hit taronalari bilan muxlislarini hursand qilishda sira charchamasin!

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 200 ta o'qildi | 3 izohlar.

COOL.SB.uz -

3 Izohlar

  1. ertaga 2ta premyera uzoq kutilgan va ko`p qiziqish uygòtgan filmlarniki SB.UZ sayti qaysi premyerani yoritadi qaysi filmga axborot hamkori yo ikkalasi???

    • ikkisini ham yoritamiz…

  2. shohruhhoni tugùlgan kulari bilan tabrikliman ayniqsa unda boshqa fanclublarni qatnashgani ham ajoyib bo`ldi GOOGOOSHA,AFRUZ fanklubi ham qatnashdi sovgàlar va ozarbayjonga qizga Shohruxxonni tiz cho`kkani tadbir fishkasi to`rtlar o`xxxxo`Mirtoxir akaga rasmla va maqola uchun rahmat charchamang oka

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *