Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Shohruhxon konsertiga gap so’z yo’q!!! (76ta fotosurat)
18 Fev, 2014

Shohruhxon konsertiga gap so’z yo’q!!! (76ta fotosurat)

Shohruhxon 2014 konsertO’zbek estradasining yorqin yulduzi Shohruhxon 2014-yilning 15-16-fevral kunlarida o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Bu yil taqdim etilgan konsertlar ichida shaxsan men uchun eng yaxshisi Shohruhxonning konserti bo’ldi, desam mubolag’a bo’lmaydi.

Ketma-ket taqdim etilayotgan yakkaxon konsert dasturlarining navbatdagisi Shohruhxonning konsert dasturi bo’ldi. Bu konsert dasturi bu yil taqdim etilgan konsertlar ichida alohida ajrab turdi. Muxlislar bilan to’lgan zal, duetlar yog’dusi, Shohruhxon bilan birgalikda jo’r bo’lib kuylagan muxlislar, kam gap va raqsbop qo’shiqlar! Bularning bari birgina konsert dasturida jamuljam bo’lgan. Konsert dasturi haqida avvalroq sizlarga fotoreportajni taqdim etishga imkon bo’lmay qoldi. Muhimi, eksklyuziv va orginal fotosuratlar sizlarga havola qilinmoqda. Shohruhxonning bu yilgi konsert dasturida duetlar serob bo’ldi. Munisa Rizaeva, Lola, Shahzoda, «Bojalar» guruhi bilan kuylangan duetlardan tashqari Shohruhxon o’zining 2 ukasi bilan ham qo’shiq kuyladi. Har bir qo’shiq uchun qurilgan raqslar faqat tahsinga loyiq. Haqiqiy shou dasturni taqdim eta olgan Shohruhxon konsertda juda kam so’zlagan bo’lsada, muhimi zaldagi tomoshabinlarni jonlantira oldi. Konsert haqida qancha gapirsak ham oz. Biroq uni his etish uchun konsertga tashrif buyurish darkor edi. Biz SB.uz portali muxlislari uchun konsertdan tayyorlangan maxsus fotoreportajni tortiq etamiz. Bu fotosuratlarni tomosha qilib, konsert qanday o’tganligini ozgina bo’lsada tasavvur qilishingiz mumkin. Konsertdan fotoreportaj tayyorlashda bizga yaqindan yordam bergan hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Boymuhammedovlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 491 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *